BOKU TEATR STUDIYASI

BOKU TEATR STUDIYASI — Bokudagi M. F. Oxundov nomidagi teatr texnikumi qoshida uzbek aktyorlarini tayyorlash uchun tashkil etilgan studiya (1925). Unda oʻzbek teatrining Halima Nosirova, Sayfi Olimov, Nazira Aliyeva, Zuhur Qobulov, Saʼdulla Toʻraboyev, Hakima Xoʻjayeva, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov kabi vakillari tahsil koʻrgan. Yosh oʻzbek aktyorlari 3 yillik oʻqish mobaynida ozarbayjon teatrining taniqli arboblari (Kirmonshoxli, A. A. Tuganov, V. V. Sladkopevsov kabi) badiiy rahbarligida J. Jabborlining «Oydin», J. Molyerning «Jorj Danden», B. Tomasning «Charli xola» spektakllarini tayyorlab qaytdi. Boku teatr studiyasi s 1927-y. da oʻz faoliyatini tugatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x