MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

PLASTINKALILAR

PLASTINKALILAR (Placozoa) – umurtqasiz hayvonlar tipi. 1971-y. da aniqlangan. Uz. bir necha mm, dengiz tubida yashaydi. Gavdasi juda yupqa plastinkasimon, shakli oʻzgaruvchan, oldingi yoki keyingi qutblari, haqiqiy toʻqima va organlari boʻlmaydi. Qorin va orqa tomonidagi hujayralari birbiridan farq qiladi. Parenximasida duksimon qisqaruvchi hujayralari bor. Tuxum hujayrasi parenximada yetiladi. Jinssiz boʻlinish va kurtaklanish hamda jinsiy koʻpayadi. … Читать далее

YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR

YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR — askomitsetlar sinfiga mansub zamburugʻlar kenja sinfi. Koʻpchilik Yalang xaltali zamburugʻlar bir hujayrali, kurtaklanish yoki boʻlinish orqali koʻpayadi; ayrim turlarida kuchsiz rivojlangan mitseliy boʻladi. Askirlari kurtaklanadigan hujayraning oʻzida yoki bevosita mitseliyda hosil boʻladi; mevali tana hosil boʻlmaydi. 2 qabilasi (endomitsetsimonlar va tafrinsimonlar), 350 ga yaqin turi bor. Endomitsetsimonlarga achitqichlar guruhi kiradi; aski … Читать далее

SARKODALILAR

SARKODALILAR, soxta oyoqlilar (Sarcodina) — sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. Tanasi sirtdan sitoplazmatik membrana bilan qoplangan; hujayra qobigʻi boʻlmaydi. Koʻpchilik turlari tanasi oqak yoki kremniy chigʻanoq ichida joylashgan; chigʻanoq teshiklaridan sitoplazmasi oʻsimtalari (soxta oyoklar) chiqib turadi. Soxta oyoqlar (psevdopodiylar) harakatlanish va oziqni qamrab olish vazifasini bajaradi. Soxta oyoklar yassi parraksimon, ipsimon yoki nursimon … Читать далее

QUYOSHLILAR

QUYOSHLILAR — sarkomas-tigoforalar tipiga mansub bir hujay-rali hayvonlar guruhi (ilgarigi kenja sinfi). Hujayrasining oʻlchami, odatda, 0,1—0,3 mm. Markaziy kapsu-lasining boʻlmasligi bilan nurlilardan farq qiladi. Shakli koʻpincha sharsimon, aksopodiylari (sitoplazmasidan chiquvchi nurlar) radial yoʻnalishda boʻladi. Bunday aksopodiylar boʻylab mikronaychalar oʻtadi. Ayrim Quyoshlilarda kremniy skeleti bor; boshqalarida skelet boʻlmaydi. Yadrosi 1 ta yoki bir nechta (baʼzan 200 … Читать далее

QANOTSIMON JABRALILAR

QANOTSIMON JABRALILAR, patjabralilar — ikkilamchi ogʻizlilarga mansub chalaxordali hayvonlar sinfi. Dengizlarda, odatda, oʻtroq, koʻpincha koloniya boʻlib yashaydi. Ichki organlarining tuzilishi va rivojlanishi bosqichlari bilan ichakdan nafas oluvchilarga oʻxshaydi. Tanasi kalta (bir necha sm gacha), oʻzi hosil qiladigan uycha (yoki naycha) ichida joylashgan; uycha sirtiga chiqib, siljib harakatlanishi ham mumkin. Gavdasi xartumcha, yoqa va tanadan iborat. … Читать далее

INFUZORIYALAR

INFUZORIYALAR (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uz. 12 mkm dan 3 mm gacha. Tashqi koʻrinishi har xil; erkin va oʻtroq, yakka va koloniya boʻlib yashovchi turlari bor. Harakatlanish organoidlari tanasini qoplab turuvchi kipriklardan iborat. Tanasi yupqa va pishiq pellikula qobiq b-n qoplangan. Yadrosi 2 xil: bitta katta yadro (makronukleus) va … Читать далее

BODIYAGALAR

BODIYAGALAR (Spongillidae) — gʻovaktanlilar tipining chuchuk suvlarda yashaydigan oilasi. 16 ta avlodi va 94 turi bor. Asosan Yevrosiyoning daryo va koʻllarida tarqalgan. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi daryo va koʻllarda bir necha turi uchraydi. Kattaligi 1 m gacha. Bodiyagalar aniqshaklga ega emas. Poʻstloqsimon, daraxtsimon shoxlangan yoki boshqa shaklda boʻladi, suv ostidagi narsalarga yopishib yashaydi. Rangi sargʻishqoʻngʻir, jigarrang, … Читать далее

BAKTERIYALAR

BAKTERIYALAR (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega boʻlmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. B. da hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. Bakteriyalar koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. Bakteriyalarning koʻp turi … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее