YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR

YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR — askomitsetlar sinfiga mansub zamburugʻlar kenja sinfi. Koʻpchilik Yalang xaltali zamburugʻlar bir hujayrali, kurtaklanish yoki boʻlinish orqali koʻpayadi; ayrim turlarida kuchsiz rivojlangan mitseliy boʻladi. Askirlari kurtaklanadigan hujayraning oʻzida yoki bevosita mitseliyda hosil boʻladi; mevali tana hosil boʻlmaydi. 2 qabilasi (endomitsetsimonlar va tafrinsimonlar), 350 ga yaqin turi bor. Endomitsetsimonlarga achitqichlar guruhi kiradi; aski zigotadan askogen giflari ishtirokisiz rivojlanadi. Tafrinsimonlarda dikariontik stadiyasi ustunlik qiladi. Tuproqda, mevalar sirtida va boshqalar shakarga boy substratlarsa uchraydi; oʻsimliklarda parazitlik qilib (asosan, tafrinsimonlar), toʻqimalarda gipertrofiya paydo qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x