KAXEKSIYA

KAXEKSIYA (yun. kakos — yomon, hexis — ahvol) — ochlik, toʻyib yoki yolchitib ovqat yemaslik, moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi oqibatida haddan tashqari ozib ketish, choʻp-ustixon boʻlib qolish. Alimentar distrofiya, surunkali zaharlanishlar (margimush, simob va b. dan), holdan toydiradigan kasalliklar (sil, rak), shuningdek, ichki sekretsiya kasalliklari, baʼzi avitaminozlar Kaxeksiyaga olib keladi. Gavda vazni keskin kamayib ketadi, darmon quriydi, koʻz kirtayadi, soch toʻkiladi, teri burishib qurib qoladi. Bemorning rangi zahil tortadi, gavda harorati va qon bosimi pasayadi, yurak urishi sustlashadi, qonda qand miqdori kamayadi, teri suyakka yopishib qolgandek tuyuladi, ichki aʼzolar atrofiyasi kuzatiladi. Baʼzi hollarda badan shishadi, ruhiyat oʻzgaradi. Bunday holat koʻproq 20—40 yoshli ayollarda kuzatiladi. Kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va h. k. ga koʻra, Kaxeksiyaning bir necha turi (alimentar, gipofizar, oʻsma va b.) farq qilinadi. Asosan, bosh miyada joylashgan gipofiz — ichki sekretsiya bezining gormonlar i. ch. faoliyati izdan chiqadi. Bosh miyaning oʻrta qismida joylashgan gipotalamik-gipofizar sohada oʻzgarishlar (oʻsma, yalligʻlanish va b.) sodir boʻladi. Kaxeksiyani bartaraf etish uchun unga sabab boʻlgan asosiy kasallikni yoʻqotish choralari koʻriladi, gipofiz oʻsmasida neyroxirurgiya qoʻllaniladi, boshqa sabablar boʻlsa, gormonlar bilan davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x