EYNTXOVEN

EYNTXOVEN Villem (1860.21.5, Samarang, Yava oroli — 1927.29.9, Leydin, Gollandiya) — gollandiyalik fiziolog olim. Elektroneyrofiziologiya fanining asoschilaridan. Utrext un-tini tugattan (1885), 1885-yildan Leydin untida prof. Asosiy ilmiy ishlari elektrofiziologiyaga oid. Eyntxoven ishlab chiqqan elektrokardiogrammalarning matematik tahlil usuli yurak elektrik reaksiyalari mohiyatini oʻrganishga birmuncha aniqlik kiritdi. Eyntxoven kashf etgan simli galvanometr (1903) klinik elektrokardiografiyani tibbiyotda qoʻllashga imkon berdi. Yurak elektr oqimining uch tarmoqli ekanligi haqidagi gʻoya ham Eyntxoven nomi bilan bogʻliq. Eyntxoven uchburchagi deb nom olgan bu sxema elektrokardiogramma tishlari balandligining oʻzgarishi va tarmoqlanishiga qarab har bir tishni va ular oraliqlarini fiziologik jihatdan tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1924).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x