SALMONELLYOZLAR

SALMONELLYOZLARodam va xayvonlarda salmonellalar qoʻzgʻatadigan yuqumli oʻtkir ichak kasalligi. Meʼdaichak yoʻllari jarohatlanishi b-n kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi enterobakteriyalar oilasiga mansub, grammanfiy Salmonella tayoqchalari. Infeksiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi xam infeksiya manbai boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda S, asosan, sporadik (alohida qayd qilinadigan), baʼzan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, koʻpincha yozkuz oylarida uchraydi. Salmonellyozlarga kattalarga nisbatan bolalar koʻproq moyil boʻlishadi. Sunʼiy ovqatlantiriladigan bolalar kasallikka tez chalinadi. Shu sababdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar eng koʻp kasallanadigan guruh hisoblanadi. Mikrob odam organizmiga ogʻiz orqali tushadi. Organizmga tushgan salmonellalar ogʻiz boʻshligʻi, ichak shilliq qavati va limfoid toʻqimalar orqali qon va limfaga oʻtib, boshqa aʼzolarga tarqaladi. Ular organizmning himoya kuchlari taʼsirida nobud boʻlib, endotoksemiya roʻy beradi. Kasallik klinik alomatlarining namoyon boʻlishi shu ikki omilga bogʻliq. Shu sabab Salmonellyozlar baʼzi hollarda oʻtkir gastroenterokolit koʻrinishida ogʻir kechsa, boshqa hollarda klinik alomatlarsiz oʻtishi ham mumkin. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1—2 kungacha. Xastalik, odatda, oʻtkir boshlanadi. Ovqat orqali yuqqanida kasallik ovqatdan boʻladigan oʻtkir toksikoinfeksiya koʻrinishida ogʻir kechadi. Umumiy lohaslik, ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynishi, harorat koʻtarilishi kuzatiladi. Soʻngra oʻtkir gastroenterit, hatto gastroenterokolit alomatlari qoʻshiladi. Botbot qusish, ich surishi kuzatiladi. Korin mijigʻlab ogʻriydi. Ogʻir kechgan hollarda organizm suvsizlanib qoladi—degidratatsiya roʻy beradi. Ogʻir lollarda gipovolemik shok rivojlanadi. Davolash erta boshlansa, 2—3 kun davomida bemorning ahvoli yaxshilanadi. Baʼzi bemorlarda tuzalganidan soʻng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi. Salmonellyozlarga diagnoz qoʻyishda kasallik alomatlari va epidemiologik maʼlumotlar eʼtiborga olinadi.

Oldini olish. Oziqovqat sanoati tizimida mahsulot tayyorlash, tashish va saqlash jarayonida sanitariyagigiyena talablariga qatʼiy rioya qilish va shu soha xodimlarini vaqtvaqti bilan bakteriologik tekshirishdan oʻtkazib turish lozim.

Hayvonlarda. Ot, qoramol, choʻchqa, qoʻy va echkilar, parrandalar, moʻynali hayvonlar, asalarilar va b. da uchraydi. Septimiya, toksemiya, hazm organlari va nafas yoʻllarining kasallanishi bilan tavsiflanadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi manbai — kasal va kasallikdan tuzalgan hayvonlar, shuningdek, kemiruvchi va yovvoyi parrandalar. Kasallik bakteriya b-n ifloslangan ozuqa, suv, atrofdagi anjomlar orqali yuqadi. Salmonellyozlar oʻtkir, yarim oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir shaklida tana harorati keskin koʻtariladi (40—42° gacha). Hayvon holsizlanib, koʻproq yotadi. 2—3kunlari axlat bilan kon aralash ichi ketadi; davolanmaganda kasallik kuchayib, 5 — 10 kunda nobud boʻladi. Qoʻzilar oʻlimi 45—50%, choʻchqa bolalari oʻlimi 50—70% ga boradi. Kasal boʻlib, soʻng tuzaladigan hayvonlarda immunitet hosil boʻladi.

Davolash: sintomitsin, levomitsetin, xlortetratsiklin, tetratsiklin, gidroxlorid, terramitsin singari antibiotiklar beriladi. Muskul orasiga qoʻshimcha penitsillin, sulfanilamidlar (norsulfazol, etazol va b.) yuboriladi. Davolovchi zardoblar va bakteriofag qoʻllash ham yaxshi samara beradi.

Oldini olish: zoogigiyena va veterinariyasanitariya, zootexniya qoidalariga amal qilish, yangi tugʻilgan mollarga bakterial (atsidofilin, PABK), tetratsiklinli preparatlar berish, maxsus emlamalar qoʻllash, karantin eʼlon qilish, xoʻjalikka chetdan olinadigan hayvonlarni veterinariya koʻrigidan oʻtkazish va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x