SALOHIDDINOV Mahmud Salohiddinovich

SALOHIDDINOV Mahmud Salohiddinovich (1933.23.11, Namangan sh.) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), fizikamat, fanlari d-ri (1967), prof. (1969). Urta Osiyo un-tining fizikamatematika ftini tugatgan (1955), shu un-tda aspirant (1955 — 58) va matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi (1958 — 59), differensial tenglamalar kafedrasi mudiri (1980—86, 1993—96). Oʻzbekiston FA Matematika in-tida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1959—67), direktori (1959—85), Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1984—85), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1985 — 88), Oʻzbekiston FA prezidenti (1988— 94). Oʻzbekiston FA fizikamatematika fanlari boʻlimi raisi (1994—97). Oʻzbekiston FA Matematika in-tida boʻlim mudiri (1974-y. dan), UzMU prof. (2000-y. dan).

Ilmiy ishlari chiziqli boʻlmagan xususiy hosilali differensial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasitl hal qilishga, chegarada buziladigan differensial tenglamalar uchun qoʻyilgan chegaraviy masalalar nazariyasiga, nazariy va ama,iy ahamiyatga ega boʻlgan aralash hamda aralashqoʻshma tipli tenglamalar nazariyasiga oid. Salohiddinov aralashqoʻshma tipli differensial tenglamalar nazariyasini rivojlantirib, ularning toʻla tadriji va kanonik koʻrinishlarini topgan, har bir xrl uchun bir qancha yangi masalalar qoʻyib tekshirgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

As: Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Uravneniya smeshannosostavnogo tipa, T., 1974; Matematik fizika tenglamalari, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x