SAMARQAND MUDOFAASI

SAMARQAND MUDOFAASI (1220) moʻgʻullar istilosi davrida shahar aholisining qaxramonona kurashi. 1220-y. 10 fev. da Chingizxon Buxoroni egallagach (q. Buxoro mudofaasi), oʻz qoʻshinini xorazmshohlar davlatining 2poytaxti boʻlgan Samarqandni egallash uchun tashlaydi. Muhammad Xorazmshoh S. m. ga alohida eʼtibor qaratgan. Shahar mudofaasida 110 ming jangchi, 20 ta jangovar fil turgan. Samarqand mudofaasiga Togʻayxon, Borsmasxon, Sirsigʻxon, Ulokxon (Oʻltonxon), Alp Erxon, Shayxxon va Boloxon kabi amirlar bosh boʻlgan. Moʻgʻullar hujumi 8-martda boshlangan. Qamal paytida Chingizxon harbiy hiyla ishlatgan. U shahar qamali uchun qoʻshinning ozgina qismini ajratgan, asosiy kuchlarni esa pistirmaga qoʻygan. Samarqand mudofaasi rahbarlari bu x,iylaga uchib, moʻgʻullarning ozligini koʻrib shahardan qoʻshinning katta qismini tashqariga chiqarganlar. Moʻgʻullar yolgʻondan chekinishgan, samarqandliklar ularni taʼqib eta boshlashgan. Pistirmaga duch kelgan Samarqand qoʻshini qurshab olinib tormor qilinadi. Ibn al Asirning yozishicha, moʻgʻullar 70 ming jangchini, Juzjoniyning xabariga koʻra, esa 50 ming jangchini oʻldirganlar. Soʻngra shahar devorlari tagiga sonsanoqsiz asirlarni haydab keltirib (q. Hashar) ularni jangovar tartibda yuzlik va oʻnliklarga ajratib, har bir boʻlinmaga bayroq topshirganlar. Samarqand mudofaachilarining jangovar fillar bilan ikkinchi bor shahardan chiqib jang qilishlari ham samarasiz chiqqan. Moʻgʻullar hujumni kuchaytirib, shaharni manjaniqlardan toʻpga tutganlar. Shaharda sarosimalik boshlangan va nihoyat Chingizxon huzuriga shahar qozisi, shayxulislom va b. eʼtiborli shaxslar boshchiligida vakillar joʻnatilgan. Moʻgʻullar shaharga Namozgohdarvozasidan (shaharning shim. gʻarbiy tomonidan) bostirib kirib (12 mart) shaqar istehkomlarini buzishga kirishganlar. Biroq shahar aholisi qarshilik koʻrsatishni davom ettirgan. Alatxon boshliq 1000 kishilik qoʻshin moʻgʻullar safini yorib oʻtib, keyinchalik Muhammad Xorazmshohga borib qoʻshilgan. Qolgan jangchilar (20 ming kishi) Togʻayxon, Borsmasxon va Uloqxon boshchiligida qalʼaga yashirinib olib, 17-martgacha qarshilik koʻrsatishgan. Moʻgʻullar Joʻyi Arziz kanalini buzganlaridan soʻnggina qalʼani olishga muvaffaq boʻlgan. Suv arkning atrofini bosib, uning devorlarining bir qismini yuvib ketgan. Qalʼa taslim boʻlgandan keyin tirik qolgan himoyachilar (1000 kishiga yaqin) Muhammad Xorazmshoh tomonidan 1212—14 y. larda qurdirilgan Jome masjidiga yashirinib olishgan. Moʻgʻullar masjidga neft quyib, u yerdagi barcha odamlar bilan birga uni yondirib yuborishgan. 30 ming turkqangʻli 20 ta amirlari bilan qatl etiladi. Qozi, shayxulislom va ularga tegishli kishilar (50 mingdan ortiq kishi) dan boshqa Samarqand aholisining katta qismi qamal ishlari uchun haydab ketiladi. Shaharning deyarli barcha hunarmandlari (30 ming kishi) asir qilib olib ketiladi. Tirik qolgan shaharliklarga 200 ming dinor tovon toʻlash sharti qoʻyilgan.

Ad.: Samarqand tarixi, t. 1, T., 1971.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x