QARAGʻANDA VILOYATI

QARAGʻANDA VILOYATIQozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932 yil 10-martda tashkil etilgan. Mayd. 117,9 ming km2. Aholisi 1350 ming kishi (2002), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 85%. Viloyat 9 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 6 shahar va 15 shaharcha bor. Markazi — Qaragʻanda shahri Viloyat respublikaning markaziy qismida, Balxash koʻlining shim. gʻarbida joylashgan. Katta qismini Qozogʻiston past togʻlari (bal.300—1000 m) egallagan. Past togʻlar jan. da Betpaqdala choʻliga (bal. 300—400 m), gʻarbda esa Turon tekisligiga qoʻshilib ketgan.

Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi shim. da 20,1° va jan. da 25,1°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —16,7°, jan. da —13°. Yillik yogʻin shim. da 100—280 mm. Vegetatsiya davri 160 — 200 qun.

Yirik daryolari — Sarisuv va Nura. Shoʻr koʻl koʻp. Yer osti chuchuk suvlaridan keng foydalaniladi. Viloyatning shim. qismi kashtan tuproqli boʻlib, boshoqli oʻtlar — shuvoq choʻllari bilan band. Janubiy roqda shoʻrlangan och kashtan va qoʻngʻir tuproqlarda siyrak chala choʻl va choʻl shuvoqshoʻra oʻsimliklari oʻsadi; qumli joylarda boshoqli oʻtlardan shuvoq, shuningdek buta oʻsimliklari, choʻl oʻsimliklari bilan birga qaragʻay, qayin, togʻterak, tol oʻsadi. Chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar va yirtqichlar, saygʻoq, arxar, jayran, yelik yashaydi, tuvaloq va boshqalar qushlar uchraydi. Daryo va koʻl qirgʻoqlarida suv parrandalari, qamishzorlarda qobon, ondatra yashaydi. Balxash koʻlida baliq koʻp.

Qaragʻanda viloyati xoʻjaligida, asosan, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, gʻallachilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Asosiy sanoat tarmoqlari: koʻmir va rangli metallurgiya (mis, molibden rudasini qazib olish). Shuningdek, temir va marganes rudalarini qazib olish rivojlangan. Qora metallurgiya mahalliy ruda asosida ishlaydi. Ogʻir mashinasozlik (jumladan, koʻmir sanoati uchun mashinalar), qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohaktosh) ishlab chiqarish, kimyo, yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal) va oziq-ovqat (goʻsht, moysir va sut, un, konditer mahsulotlari va boshqalar) sanoat tarmoqlari rivojlangan. Qaragʻanda metallurgiya kti, konshaxta jihozlari, mashinasozlik, sintetik kauchuk, metall konstruksiyalari zdlari, Saran, Abay, Shaxtinsk, Jezqazgʻan konmetallurgiya ktlari, mis eritish va taʼmirlashmexanika zdlari, Balxashda toshkoʻmir sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. Oqtovda sement z-di, Aqchatov, Oqjal, Qayraqti, Qaragʻaylida polimetall rudalarini boyitish ktlari va konlari mavjud. Dashtning shim. da lalmikor gʻallachilik bilan birga qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik va mayin junli qoʻychilik, chala choʻl va choʻllarda yaylov chorvachiligi bilan birga sugʻorib dehqonchilik (sabzavot, poliz) qilinadi. Ekin maydonlariga gʻalla (bahori bugʻdoy), arpa, ozuqa ekinlari ekiladi. Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, yilqi, choʻchqa, parranda boqiladi. Balxash koʻlidan baliq ovlanadi; choʻl va togʻlarda ovchilik qilinadi.

T. yil uzunligi 581 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 2100 km. Balxash koʻlida muntazam kema qatnaydi. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt, politexnika, tibbiyot, kooperativ, jismoniy tarbiya intlari) bor. 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x