MIRZOYEV Abdulgʻani Muhammadovich

MIRZOYEV Abdulgʻani Muhammadovich (1908.12.12, Kitob tumani — 1976.16.8, Dushanba) — tojik adabiyotshunosi. Tojikiston FA akad. (1957), filol. fanlari d-ri (1957), prof. (1960). Tojikistonda (1959) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Leningrad unti sharqshunoslik f-tini tugatgan (1939). Dushanba untida tojik adabiyotidan dare bergan. SSSRning Erondagi elchixonasida ishlagan (1942—44). Tojikiston FA Sharq qoʻlyozmalarini kataloglashtirish bilan shugʻullangan (1945-y. dan). Mirzoyevning asosiy tadqiqotlari 15-a. dan keyingi forstojik adabiyotiga taallukli. Sayido Nasafiy (1947), Mulham Buxoroiy (1948), Sayfi Aruziy (1955) haqida i. t. lari bor. Tojik adabiyoti tarixi, xususan, Rudakiy, Kamol Xoʻjandiy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Maleho Samarqandiy, Ahmad Donish va b. hayoti va ijodi haqida ilmiy asarlar yozgan. M. Sharq xalqlarining adabiy aloqalarini oʻrganish masalasida izlanishlar olib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x