MIRZATOV

MIRZATOV Zanjirali (1911, Chust tumani Olmos qishlogʻi — 1972.21.11, Qoʻqon) — aktyor va rej. Oʻzbekiston xalq artista (1967). Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1929—30). 1930-y. dan Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida ishlagan. Mirzatov serqirra aktyor boʻlib, ham lirik, ham xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan, sahnada yuzdan ortiq obrazlar yaratdi: Kochkaryov («Uylanish»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Kalaf («Malikai Turandot»), Majdiddin («Alisher Navoiy»), Karl Moor («Qaroqchilar»), Ashuraliyev («Ayajonlarim»), Ikrom («Ufq») va b. Rej. sifatida «Fargʻona fojiasi», «Maysaraning ishi» (Hamza), «Muhabbat» (Tuygʻun), «General Rahimov» (K. Yashin), «Kotil» (Uygʻun) kabi asarlarni sahnalashtirgan. Shuningdek, «Sevaman, seni» dramasini yozgan. Koʻqon shahar madaniyat uyi qoshidagi xalq teatriga 1979-y. M. nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x