MIROXOʻR

MIROXOʻROʻrta Osiyo xonliklarida mansabdor shaxs; saroy otxonalari boshligʻi. Buxoro amirligida Miroxoʻr — hukmdorning eng yaqin kishilariga beriladigan toʻrtinchi sharafli rutba. Miroxoʻr saroy otboqarlariga yetakchilik qilishdan tashqari, amir haramini ehtiyotlash, u yerga oziq-ovqat, kiyim-kechak va h. k. zaruriy narsalar keltirish bilan ham mashgʻul boʻlgan. Bobur, Ogahiy asarlarida Miroxoʻrning harbiy yurishlarda ishtirok etib, muayyan qism va boʻlinmala^ga sarkardalik qilganligi haqida maʼlumot keltiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x