MAJLISIY

MAJLISIY (15-a. oxiri, Xorazm – 16-a. 1-yarmi, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi qaqida ayrim maʼlumotlar Nisoriynit «Muzakkir ul-ahbob» tazkirasida uchraydi.

Uning 4000 misralik «Qissai Sayfulmuluk» ishqiysarguzasht dostoni bizgacha yetib kelgan. Asar masnaviyda, hazaj bahrida, qissa ichida qissa shaklida yozilgan boʻlib, tuzilishi, voqealar bayoni jihatidan folklor asarlariga yaqin turadi. Misr shohi Osimning yolgʻiz oʻgʻli Sayfulmulukning Fatina shohi Shohbol qizi Badeuljamolga gʻo-yibona sevgisi va unga erishish yoʻlidagi sarguzashtlari, umuman insonning oʻz baxti uchun kurashi va bu jarayonda uning kamol topishi tasvirlangan. Asarda adolat, yaxshilik va ezgulik madh etilgan, podshoxlar adolatga chaqirilgan, xotinqizlar huquklarini himoya qilish gʻoyalari ilgari surilgan.

Oʻzbek adabiyotida dostonning folklor varianti xam yaratilgan. Asar Urta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan, qozoq (SaidGaray, 1904), turkman (Kurbonali Maʼrufiy), tatar, rus va b. tillarga tarjima qilingan. Qozonda qaytakdyta nashr etilgan (1807, 1849, 1883, 1914). Toshkentda dastlab 1916-y. chop qilingan. Toʻla boʻlmagan ikki qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (ivn. № 3425, 8205).

As: Qissai Sayfulmuluk, T., 1959.

Begali Krsimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x