MAJAPAXIT

MAJAPAXIT — markazi Yava o. da boʻlgan Indoneziyadagi davlat (1293 — taxm. 1520). Markazi — M. shahri. Indoneziyaning koʻp qismini birlashtirgan. Majapaxit davri oʻrta asrlardagi Indoneziyaning eng markazlashgan vakti boʻlgan. Imperiyaning asoschisi — Vijaya (Kertarajasa). U davlatning xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlagan. Markazlashtirish siyosatidan norozi boʻlgan Yava zodagonlari bir necha marta (Rangga Lavo qoʻzgʻoloni, 1295; Sori – 1298-1300; Nambi – 1309—16; Kuti — 1319) Vijaya va uning oʻgʻli Jayanagarga qarshi chiqqanlar. 1331-y. dagi soʻnggi qoʻzgʻolonlar bostirilgach, Majapaxit markazlashgan davlatga aylangan. 14-a. da Yava madaniyati gullab yashnagan. «Nagarakertagama» tarixiy dostoni yozilgan, ibodatxonalar qurilgan, tasviriy sanʼat rivojlangan. 15-a. oʻrtasidan Majapaxit inqirozga uchray boshlagan. Vijayalar sulolasi 1451-y. gacha hokimiyatni boshqargan. Soʻnggi marta Majapaxit haqida manbalarda 1516-y. da eslatib oʻtilgan. Taxm. 1520-y. M. saltanati bir necha mayda davlatlarga boʻlinib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x