MAZINA

MAZINA Julyetta (1921.22.2, Bolonya sh. yaqinida — 1994) — italyan kinoaktrisasi. Eng yaxshi rollarini eri F. Fellini filmlari («Yoʻl», «Kabiri tunlari», «Julyetta va atir», «Jinjer va Fred» va b.)da oʻynadi va katta shuhrat qozondi. Uning ijodi lirik chekinishlar va groteskning kontrast boʻyoklar bilan uygunlashuvi, nozik psixologik talqini va realistik ijro uslubi bilan ajralib turadi. Chet el filmlari («Sunʼiy ipak kiygan qiz», «Yons va Erdme», Germaniya va b.)la ham suratga tushgan. Keyingi yillar koʻp qismli televizion filmlar («Eleonora», «Kamilla» kabi)da oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x