ZUYEV Vladimir Ilich

ZUYEV Vladimir Ilich (1930.27.7, RF Orenburg viloyati) — sabzavotshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), q. x. fanlari d-ri (1971), prof. (1972), RF Agrar taʼlim akademiyasi akad. (1995). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1955). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tida sabzavotchilik kafedrasi assistenti, dotsent (1955—69), oʻquv ishlari boʻyicha (1969—76) va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1980—86), sabzavotchilik kafedrasi mudiri (1977-1992). 1992-y. dan Toshkent agrar un-ti sabzavotchilik kafedrasida prof. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sabzavot-poliz va kartoshka yetishtirish, sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi masalalariga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun sabzavotchilik boʻyicha darsliklar yaratgan. Respublikada r-n-lashtirilgan 1 tarvuz, 1 qovun, 4 bod-ring navini (2 tasi issikxonalarda yetishtirishga moʻljallangan) yaratgan. As: Shoʻr yerlarda sabzavot va kartoshka yetishtirish, T., 1961; Ovoщyevodstvo, T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x