Zuhra Mamadaliyevaning hikoyalari haqida

Jizzaxlik yosh adiba Zuhra Mamadaliyevaning hikoyalari adabiyot muxlislariga koʻp ham maʼlum emas. Boisi kamsuqum bu ijodkor respublika matbuotida kam koʻrinadi. Uning tanishib chiqish uchun topshirgan bir nechta hikoyalari oʻzining syujeti, voqealar rivoji va kutilmagan yechimi bilan eʼtiborni tortdiki, yozuvchi opa-singillarimiz safiga yana bir isteʼdod egasi qoʻshilganiga amin boʻldik.

Hikoyalar syujeti olis oʻtmishga, zardushtiylik davriga borib taqaladi. Yoʻq, Zuhraning hikoyalarida aniq, konkret bir tarixiy siymo koʻrinmaydi. Hikoyalarning qahramonlari toʻqima shaxslar. Bu asarlarda faqat makon, muhitgina olis moziydan darak beradi. Hikoyalarda harakat qilayotgan qahramonlarni bir soʻz bilan oʻzligini izlayotganlar, oʻz qadrini anglash yoʻlida aziyat chekayotganlar, umr, adolat va qondoshlik mohiyatini bilishga intiluvchilar deb atagan maʼqul.

Oʻz maqsadi nima ekanini anglay olmay qiynalgan, oxiri otasining maslahati bilan Tangritoqqa joʻnagan Istamin, oʻgʻli Tangritogʻdan qaytib kelmasligi mumkinligini anglasa-da, najot faqat mana shu togʻda ekaniga ishongan Burgut bahodir (“Tangritoqqa oʻr­la­yotgan oʻgʻlon”), umri davomida ajdodlari udumiga koʻra belgilangan bir qancha marosim­­­lar­ni boshidan kechirgan, ota-bobolari kabi yashab, oʻzidan yaxshi iz – qabilasi udumlari va odatlarini hurmat qiluvchi farzandlar qoldirish umidida yashagan Ariymaz, shijoatkor, isyonkor Azamat (“Marosim”) – bularning bari olis oʻtmishdagi bobolarimizning qiyofalaridir.

Zuhra Mamadaliyevaning mazkur ikki hikoyasini “Sharq yulduzi” jurnaliga tavsiya etar ekanmiz, umidli bu ijodkorga izlanishdan toʻxtamaslikni, tolmaslikni tilaymiz.

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr kengashi

 

“Sharq yulduzi” jurnali, 2015–6

https://saviya.uz/hayot/nigoh/zuhra-mamadalievaning-hikoyalari-haqida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x