ZOHIDOV Vohid Yoʻldoshevich — (1914. 14. 12 — Toshkent — 1983. 19. 7) — adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist. Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), falsafa fanlari d-ri (1946), prof. (1949). Ozarbayjon pedagogika in-tini tugatgan (1933). Oʻzbekistonning turli oliy oʻquv yurtlarida dare bergan (1933 — 35; 1938-66), Oʻzbekiston FAda ilmiy xodim, akad.-kotib (1943-48), Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti direktori va boʻlim mudiri (1949—53), Toshkent davlat pedagogika in-ti prof. (1953 — 57), «Sharqyulduzi» jur. (1949), «Oʻzbekiston madaniyati» gaz. bosh muxarriri (1959—62), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida boʻlim mudiri (1957—64), Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik in-ti direktori (1964—67; 1970—83), Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (1967 — 70). Ilmiy ishlari oʻrtaosiyolik muta-fakkir va shoir (Beruniy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Furqat va b.)lar xamda qardosh turkiy xalkdar adabiyoti vakillari (Nizomiy, Abay va b.) ijo-diga bagʻishlangan. Madaniy meros va adabiy hayotning muhim masalalariga oid monografiyalar («Uzbek adabiyoti tarixidan», 1961; «Donolar davrasi», 1973; «Nafosat ijodkori», 1980 va b.), publitsistik asarlar («Inson va zamon sadosi», 1961; «Sharqni sharaflab», 1973 va b.) muallifi. Zohidovning ilmiy rahbarligi va tahriri ostida «Uzbek adabiyoti» (5 jild, 7 kitob) nashr etilgan, «Navoiy asarlari»ni oʻzbek (15 jild, 1961—68) va rus tillarida (10 jild, 1968—70) nashrga tayyorlashda qatnashgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Toshkent koʻchalaridan biriga 3. nomi qoʻyilgan.
As: Tanlangan asarlar, [3 jildli], T., 1976-78.