KRASNOYARSK OʻLKASI

KRASNOYARSK OʻLKASI — RF tarkibida, asosan, Sharqiy Sibir hududida, Yenisey xavzasida joylashgan. Shim.-Sharqiy iqtisodiy r-nga kiradi. 1934-y. 7 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 2339,7 ming km,. Aholisi 3080 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, xakas, tatar, evenk, dolgan, nenes va b. ham yashaydi. Shaharliklar 74,2%. 48 tumanga boʻlingan, 25 shahar, 46 shaharchasi bor (1998). Taymir (Dolgan Neneslari muxtor okrugi) va Evenklar muxtor okrugini oʻz ichiga olgan. Markazi — Krasnoyarsk sh. K. oʻ. Shim. Muzoqeani qirgʻoqlaridan Jan. Sibir togʻlari — Sharqiy va Gʻarbiy Sayan togʻlarigacha davom etgan. Yenisey daryosining chap sohili tekislikdan iborat. Yeniseydan sharkda Oʻrta Sibir yassitogʻligi (oʻrtacha bal. 500 — 700 m) joylashgan. Krasnoyarsk oʻlkasi koʻmir, temir rudasi, rangli metallar va polimetallar, grafit va b. ga boy. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —18° dan —36° gacha, iyulniki 13 — 20°. Yiliga shim. da 200—300 mm dan Jan. Sibir togʻlarida 800—1200 mm gacha yogʻin toʻshadi. Shim. da abadiy muchloq yerlar bor. Asosiy daryosi — Yenisey, uning yirik irmomari: Angara, Tunguska, Toshloq Tunguska va Quyi Toʻnguska va b. Katta qismi taygadan iborat. Krasnoyarsk oʻlkasida «Tosh ustunlar» qoʻriq-xonasi bor. Rangli metallurgiya (Norilsk kon-metallurgiya k-ti), mashinasozlik (oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun jihozlar) va metallsozlik, konchilik (koʻmir, temir ruda, rangli va nodir metallar, grafit va b.), oʻrmon-yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Krasnoyarsk, Ust-Xantay, Sayan-Shushensk va Mayn GESlari, Krasnoyarsk-2, Vazarov GRESlari ishlab turibdi. Krasnoyarsk oʻlkasi Sharqiy Sibirning muhim q. x. r-nlaridan biri. Jan. da gʻalla (bugʻdoy, javdar, grechixa, tariq, arpa va b.) va texnika ekinlari (tolali zigir va b.) ekiladi. Kartoshkachilik, sabzavot-chilik, goʻsht-sut chorvachiligi, mayin junli qoʻychilik va yilqichilik bilan shugullaniladi. Shim. da bugʻuchilik va darrandachilik ham bor. Moʻyvali qayvonlar ovlanadi. Ov xoʻjaligi va balikchilik mavjud. Transsibir t. y. magistrali bor. Yenisey daryosida kema qatnaydi. Kurortlari: Shara, Uchum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x