KOSHGʻARIY YODGORLIK MAJMUI

KOSHGʻARIY YODGORLIK MAJMUI, Mahmud Koshgʻariy yodgorlik m a j m u i — Xitoyning Qashgʻar (Koshgʻar) viloyati Oʻpal nohiyasidagi Aziq qishlogʻida, Hazrati Mullom togʻi etagidagi tepalikda joylashgan maqbara. Tepalikning bal. 40 m boʻlib, mahalliy xalq orasida Mahmud Koshgʻariy mozori nomi bilan mashhur. Olim dafn etilgan joyga oʻsha davr anʼanasiga mos ravishda peshtoqlik qabr qurilib, usti uy shaklida yopilgan. Shundan beri bu yer ziyoratgohga aylanib, mahalliy xalq tomonidan taʼmirlanib turilgan. 1958-y. maqbara toʻla taʼmirlanib, yoniga muzey qurilgan va hukumat tasarrufidagi ziyorat maskaniga aylantirilgan. Uning tarkibida asosiy maqbara, hovli, qiroatxona, muzey, tahoratxona qabilar mavjud. Ularning umumiy mayd. 1160 kv. m ga teng. Qabr joylashgan tepalikning etaklari goʻzal, manzarali boqqa aylantirilgan. Hozir ushbu ziyorat maskanining umumiy mayd. 75 ga ga yaqin. Maqbaraga chiqishda 92 ta zinani bosib oʻtish lozim. Aytishlaricha, ushbu zinalar soni olimning yoshi soniga tenglashtirilgan. Zinapoya yonida oʻsha davrdan beri saqlanib kelayotgan buloq mavjud. Mahmud Koshgʻariy muzeyi maqbaraning shim.-tomonida joylashgan. Maqbara bilan muzey oraligʻi taxm. 300 m keladi. 1999—2000-y. larda pastdan muzeyga chiqish uchun zinali yoʻl ishlangan. Uning oʻrta belida olimning kitob ushlab turgan haykali oʻrnatilgan. Haykalning bal. 9,7 m.

Abdulahad Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x