ZIRABULOQ TOGʻLARI

ZIRABULOQ TOGʻLARISamarqand viloyatidagi togʻlar. Geologik jihatdan Zarafshon tizmasining shim. gʻarbiy davomi. Sharqda Jom choʻli, gʻarbda Ziyovuddin togʻlari bilan chegaradosh. Jan. da Qarnob choʻli tekisligidan tik pogʻona b-n ajralgan, shim. da Zarafshon daryosi vodiysiga tutashgan. Eng baland joyi 1120 m. Shim. qismining bal. 930 — 1100 m, markaziy qismi 830—890 m. Jan. qismida Ayribel, Qoʻshdara, Jalqir, Alyomiy (1054 m), Piyoztogʻ, Mahmudtogʻ (962 m), shim. da Beshtogʻ va b. togʻ tizmalari mavjud. Ularning jan. va jan. gʻarbiy yon bagʻirlari tik koʻtarilgan qoyali, tub jinslari yalangʻoch, turli nurash shakllari bilan murakkablashgan, chuqur va tor daralar hamda soylar bilan kuchli parchalangan. Shim. va shim. sharqiy yon bagʻirlari yotiqroq va astasekin togʻ etagi tekisligiga qoʻshilib ketadi. Prolyuvial shleyflar togʻlardan boshlangan soylarning konus yoyilmalaridan iborat. Shim. yon bagʻirlarida tepaliklar va ular oraligʻida soyliklar mavjud. Quruq soylar (Jinichkasoy, Koʻksoy, Ustungusoy, Chalquduqsoy va b.) da erta bahor va yoz boshida sel suvlari oqadi.

Zirabuloq togʻlarining shim. tizmalari quyi silurning qumtoshslanes yotqiziklari, barcha qoyali togʻ tizmalari yuqori silurning ohaqtoshlaridan tashkil topgan. Zirabuloq togʻlarining markaziy plato qismida silur yotqiziqlarini intruziv jinslar (granit) yorib kirgan. Togʻ etaklarini boʻr, paleogen va neogenning choʻkindi jinslari tashkil qilgan. Markaziy qismi platosimon relyef shakliga ega, paleozoyning intruziv qatlamlaridan iborat. Kisqa, lekin chuqur vodiylar (Daraitut, Tim, Sipki, Kattasoy, Mullaburhon, Devonasoy, Juzumlisoy va b.) qalin ohaktosh qatlamlarini kesib oʻtgan. Ular bahorda toʻlib oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Togʻlarda tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Shim. yon bagʻirlarining quyi qismlarida efemerlar, shirach, markazida oqkuray aralash usadi. Qad. denudatsiya yuzalarida tragantli astragal, bodom, togʻ etaklarida qoʻziquloq, oqquray, shuvoq oʻsadi. Zirabuloq togʻlarida qurilish materiallari, ohak ishlab chiqarish uchun gips hom ashyosi konlari bor. Kdlay va simob konlari (Ingichka) ishlab turibdi. Togʻ etaklarida Oqtosh sh., Ingichka shaharchasi, Karnob qishlogʻi joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x