QAYTAR JARAYONLAR

QAYTAR JARAYONLAR (fizikada) — avval bir yoʻnalishda, soʻngra teskari yoʻnalishda sodir boʻlib, sistema oʻzining boshlangʻich holatiga qaytib kelganida tashqi muhitda hech qanday oʻzgarish yuzaga kelmaydigan fizik jarayonlar. Ideal (ishqalanishsiz va noelastik urilishsiz) sharoitda sodir boʻladigan hamma sof mexanik jarayonlar qaytuvchan boʻladi. Mutlaqo ishqalanishsiz hamda mutlaq elastik tarzda roʻy beradigan urilishlarsiz sharoitda energiyaning maʼlum qismi issiqlik energiyasiga aylanadi.

Cheksiz sekinlik bilan oʻtadigan issiklik harakatiga bogʻliq boʻlgan jarayon ketmaket muvozanatli holatlarning uzluksiz qatoridan iborat va qaytuvchan boʻladi. Real sharoitlarda esa har qanday jarayon chekli tezlikda yuz beradi va energiyaning sochilishi tufayli susayib borish bilan kechadi. Qaytar jarayonlar nazariyasi statistik fizikada oʻrganiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x