ZENITTELESKOP

ZENITTELESKOPzenit atrofidagi yulduzlarning zenitdan uzoqliklarini oʻlchashda qoʻllaniladigan astronomik asbob. Joyning kengligini aniklash uchun ishlatiladi. Teleskop azimutal qurilmaga oʻrnatilgan boʻlib, uning fokal tekisligiga okulyar mikrometr mahkamlangan. Zenitteleskopning ufqqa nisbatan holati 2 ta maxsus vaterpas (shayton) bilan nazorat qilinadi. Joyning kengligi ±0,10ʻ — ±0,15ʻ anikdikda topiladi. Oʻzbekistonda Astronomiya intining Kitobdagi filialida Bamberg va ZTL180 rusumli Zenitteleskop ishlatiladi. Uning obyektiv diametri 180 mm, fokus masofasi 2360 mm.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x