KOʻN

KOʻN — mol, echki, qoʻy va b. hayvonlar terisidan tayyorlangan charm turi. Koʻnning bedona, amirkon, xrom (xrom tuzlari b-n ishlov berilgan), shagren (qoʻy, echki terisidan tayyorlangan), upuka (buzoq, terisidan tayyorlangan) xillari bor. Qadimda Koʻnni mahalliy kosib-koʻnchilar oʻz xonadonlarida tay-yorlaganlar. Baʼzi mahalla va qishloqlar koʻnchilikka ixtisoslashtirilgan. 20-a. boshlariga kelib koʻnchilikning sanoat usuli paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududidagi vdaharlarda koʻn z-dlari qurila boshladi. Dastlab bu z-dlar teri z-di, teri ishlash z-di, keyinchalik kun z-dlari deb nomlangan. «Kun» atamasining mazmuni bir muncha kengayib, umuman pishirilgan mol terisining barcha turlarini oʻz ichiga oladigan maʼno kasb etgan (yana q. Koʻn-poyabzal sanoati, Koʻnchilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x