ZARCHOPON

ZARCHOPON — qovunning oʻrtapishar navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. institutida Shirali va mahalliy Choʻgari navlarini duragaylab yaratilgan (1986; R. Hakimov, A. S. Shchukina). Shakli choʻziq yoki tuxumsimon. Ogʻirligi 2,8 — 3,4 kg. Sirti sal tilimtilim, tuyey och sariq, toʻrlari toʻqyashil. Poʻsti oʻrtacha, qattiq, eti pushtirang, shirin, asal hidi keladi. Tarkibida 15% quruq modda mavjud. Urugʻi oʻrtacha, sargʻish, urugʻidan unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 77—93 kunda pishadi. 1990-y. dan respublikaning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan. Hosildorligi 20—25 t/ga.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x