IBN al-QIFTIY

IBN al-QIFTIY, Jamoluddin Abulhasan Ali ibn Yusuf Ibrohim ibn Abdulvohid ash-Shayboniy al-Qiftiy (1172, Qift — 1248, Halab) — arab tarixchisi, adibi va davlat arbobi. Qohirada fiqh, huquq, adabiyot, ilmi nujum, handasa, tabobat, mantiq va tarix buyicha taʼlim olgan. 1187-y. otasi bilan Quddusga koʻchib kelgan. Bu yerda Qohirada olgan bilimlarini yanada takomillashtirib, kelgusida yozadigan asarlari uchun manbalar tuplagan. Taxm. 1201-y. Quddusda siyosiy vaziyat yomonlashgani boisidan otasi bilan Harron (Mesopotamiyada) ga kuchib oʻtgan. 1213-y. Halab hokimi uni moliya ishlari devoni boshligʻi etib tayinlab, unga «Al-Qoziy al-akram» («Eng saxovatpe-sha qozi») faxriy unvonini inʼom etgan. Bu mansabda u davlat manfaatlari yoʻlida xizmat qilish bilan birga yirik olimlarga ham homiylik qilgan, chunonchi moʻgʻullar bosqini tufayli Oʻrta Osiyodan qochib kelgan Yoqut Hamaviyta boshpana berib, moddiy yordam koʻrsatgan. 1236-y. Halab hokimi tomonidan vazir etib tayinlagan Ibn al-qiftiy al-Q. umrining oxiriga qadar shu mansabda ishlagan.

Ibn al-qiftiy al-Q. 20 ga yaqin asar yozgan, ulardan bizgacha yetib kelganlari orasida eng muhimi — «Kitob ixbor al-ulamo biaxbor alhukamo» («Hakimlar xususidagi xabarlar bilan olimlarni tanishtirish kitobi») dir. Bu asar koʻproq «Taʼrix alhukamo» («Hakimlar tarixi») nomi b-n mashhur. Unda qadim zamonlardan to muallif davriga qadar yashab oʻtgan 414 olimning tarjimayi holi berilgan boʻlib, ularning talaygina qismini Huroson va Movarounnahr olimlari tashkil qilgan. Mazkur asar Leypsig (1903) va Qohira (1908) da nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x