Zanjirlik


Post Views:
12

ZANJIRLIK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Quduqboshi, Mergancha, Padarkush mahallalari bilan chegaradosh. Quyi va Yuqori Zanjirlikka bo‘lingan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlarida (Avayxon, Tovkattepa, Askiya, Labzak) dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Shayxontohur arig‘idan suv ichilgan. Zanjirlikda 5 masjid (eng kattasi Saidazimboy masjidi), Eshonqulidodxo madrasasi (unda 1884 yil 19 dekabrda birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan), baqqollik do‘konlari, duradgorlik ustaxonasi, juvozxona, choyxona bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida Toshkent telestudiyasi, O‘zbekiston FA Adabiyot muzeyi joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/zanjirlik-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x