YUSUPOV

YUSUPOV Erkin (1929.15.3, Quva shahri — 2003.5.8, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Rossiya FA muxbiraʼzosi (1991; 1987-yildan SSSR FAning muxbir aʼzosi), falsafa fanlari d-ri (1965), prof. (1966). Oʻrta Osiyo untining tarix f-ti mantiq va psixologiya boʻlimini tugatgan (1951). Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasida katta oʻqituvchi (1954—58), kafedra mudiri (1958—72). Oʻzbekiston KP MK huzuridagi Partiya tarixi instituti direktori (1972—79). Oʻzbekiston FAning vitseprezidenti (197990). ToshDU rektori (199092), respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazining rahbari (1994—95). ToshDU gumanitar ftlar falsafa kafedrasining mudiri (1995—97). 1997-yildan ToshDU falsafa kafedrasi prof. Yusupov respublikada ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq, tarix, siyosatshunoslik, maʼnaviyat, mafkura masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).

As: Yoshlarning maʼnaviy kamoloti, T., 1995; Odamiylik saboqlari (hammualliflikda), T., 1997; Falsafa (darslik; hammualliflikda), T., 2000; Maʼnaviy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati, (hammualliflikda), T., 2003.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x