YuEBAN

YuEBAN — mil. av. 2-asrda Tarbagʻatoyda oʻtroqlashgan hunlar; keyinchalik Yettisuv tomon siljiganlar. 5-asrda uygʻurlar tomonidan tobe etilib 4 ta qabilaga (chuyus, chumi, chumugun, chuban) boʻlinib ketgan. 6—10-asrlardagi Xitoy tarixchilarining yozishicha, Yuyebanlar usunlardan shim. gʻarbda yashashgan. Ularning turkiy boʻlgani taxmin etiladi, chunki xitoylar Yu. larni hunlarning avlodi ekanliklari, ularning urf-odatlari va tillari gaogyuylar (uygʻurlar) bilan bir xil ekanligini aytishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x