Ulug’bek Rahmatullaev — Kapalak

Izlaringdan o’pay kapalak,
Ko’zlaringdan o’pay kapalak, (x2)
G’unchalarning labidan tomgan
So’zlaringdan o’pay kapalak.

Bir jonimga ming bitta jafo,
Gohi shohman, gohida gado, (x2)
Seni guldan, meni yordan
Ayirmasin mehribon Xudo. (x2)

Ko’zlaringdan o’pay kapalak,
Izlaringdan o’pay kapalak,
G’unchalarning yo’lida tomgan
So’zlaringdan o’pay kapalak,
So’zlaringdan o’pay kapalak.

Gulzor ichra izingdan chopdim,
Kapalagim, sendan mehr topdim, (x2)
Senku guling topding, men netay,
O’z dilimdan o’tli dod topdim. (x2)

Gulday go’zal gulim kapalak,
Senga yetmas qo’lim kapalak,
Termulaman ortingdan mahzun,
Kel jonimga qo’ngin kapalak,
Kel jonimga qo’ngin kapalak. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x