Yosh yozuvchi uchun foydali 50 kitob

Har qanday ziyoli, ayniqsa, ijodkor oʻz ona tilini, milliy adabiyotini, axloq-odobini, tarixi, falsafasi, geografiyasini puxta bilishi shart. Bundan tashqari, dunyo adabiyoti va ilm-fanidan ham xabardor boʻlishi kerak. Busiz yetuk mutaxassis yoki yozuvchi-shoir boʻlish mumkin emas.

Bir necha yillar oldin boʻlajak jurnalist va filologlar uchun oʻqilishi kerak boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzgan edim. Jurnalning hajm-imkoniyatidan kelib chiqib, yosh yozuvchilarga ana shu roʻyxatning XX asrga doir qismini ayrim toʻldirishlar bilan tavsiya etaman.

Aslida, oʻqiladigan kitoblar juda koʻp. Antik davr, ilk oʻrta asrlar va oʻrta asrlar, XVIII–XIX asrlar, XX va XXI asrlarda yaratilgan xalq ogʻzaki ijodi namunalari, ilm-fan, tarix, falsafa va adabiyotga oid asarlar alohida roʻyxatlar tuzishni taqozo etadi. Mumtoz adabiyotimiz yoki zamonaviy oʻzbek adabiyoti boʻyicha ham kitoblar saralash mumkin.

Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan roʻyxat XX asr xorij adabiyoti asarlari asosida shakllantirildi. Unda adabiyotdagi turli oqim va yoʻnalishlarda ijod qilgan ellik nafar adib asarlari nomi keltirilgan. Chunki boʻlajak yozuvchi-shoir realizm, syurralizm, ekzistensializm, absurd, modernizm, postmodernizm kabi turli yoʻnalishlardagi asarlarni oʻqib-oʻrganishi kerak. Oʻzi esa bunday yoʻnalishlarda yozishi shart emas. Lekin adabiyotdagi oʻzgarishlar, yangilanishlardan boxabar boʻlishi zarur.

Oʻzbek kitobxoniga tavsiya qilinayotgan kitoblarning koʻpi oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan, baʼzi tarjimalardan esa mening koʻnglim toʻlmagan. Shu sababli ularni ruschada oʻqiganman. Hozir yoshlarimiz chet tillarni puxta oʻrganyapti. Agar asarni asliyatda, asl jozibasini his qilib oʻqishsa, nur ustiga nur. Mutolaa sabab balki tarjima istagi ham uygʻonib qolar. Asliyatdan qilingan yaxshi tarjimalar soni koʻpaysa, milliy tafakkurimiz jahon adabiyotining yangi-yangi durdonalari bilan boyib borishi shubhasiz.

 

 

  1. Kobo Abe, “Qumdagi xotin”.
  2. Muxtor Avezov, “Abay yoʻli”.
  3. Chingiz Aytmatov, “Oq kema”.
  4. Akutagava hikoyalari.
  5. Semyuel Bekket, “Godoni kutib…”.
  6. Luis Borxes. Timsoliy novellalar.
  7. Mixail Bulgakov, “Ityurak”.
  8. Ivan Bunin, “Arsenyevning hayoti”.
  9. Rey Bredberi hikoyalari.
  10. Tomas Vulf, “Uyga qaytolmaysiz”.
  11. Jon Golsuorsi, “Forsaytlar dostoni”.
  12. Maksim Gorkiy, “Klim Samgin hayoti”.
  13. Grem Grin, “Yuvosh amerikalik”.
  14. Jeyms Joys, “Uliss”.
  15. Patrik Zyuskind, “Parfyumer. Bir qotillik tarixi”.
  16. Jek London, “Martin Iden”.
  17. Yasunari Kavabata hikoyalari.
  18. Alber Kamyu, “Begona”.
  19. Elias Kanetti, “Jaholat”.
  20. Frans Kafka, “Jarayon”.
  21. Ken Kizi, “Kakku uyasi ustida parvoz”.
  22. Xulio Kortasar hikoyalari.
  23. Agata Kristi, “Oʻnta negr bolasi”.
  24. Tomas Mann, “Iosif va akalari”.
  25. Heynrix Mann, “Sodiq fuqaro”.
  26. Gabriel Garsia Markes, “Oshkora qotillik qissasi”.
  27. Somerset Moem, “Oy va chaqa”.
  28. Jorj Oruell, “1984”.
  29. Milorad Pavich, “Xazar lugʻati”.
  30. Dos Passos, “AQSH”.
  31. Boris Pasternak, “Doktor Jivago”.
  32. Andrey Platonov, “Kotlovan”.
  33. Marsel Prust, “Boy berilgan vaqtni izlab…”.
  34. Valentin Rasputin, “Yongʻin”.
  35. Erix Mariya Remark, “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq”.
  36. Uilyam Saroyan hikoyalari.
  37. Jerom Selinjer, “Javdarzor adogʻidagi jar ustida”.
  38. Antuan de Sent-Eksyuzperi, “Kichkina shahzoda”.
  39. Aleksandr Soljenitsin, “GULAG arxipelagi”.
  40. Jon Steynbek, “Gʻazab kosasi toʻlib-toshganda”.
  41. Aleksey Tolstoy, “Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari”.
  42. Zakiy Validiy Toʻgʻon, “Xotiralar”.
  43. Rabindranath Thakur, “Halokat”.
  44. Uilyam Folkner, “Shovqin va gʻazab”.
  45. Frensis Fitsjerald, “Buyuk Getsbi”.
  46. Mixail Sholoxov, “Tinch Don”.
  47. Bernard Shou, “Pigmalion”.
  48. Lao She, “Mushuklar saltanati”.
  49. Mo Yan, “Musallas mamlakati”.
  50. Ernest Heminguey, “Chol va dengiz”.

 

 Mahmud SAʼDIY

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 7-sonidan olindi.

https://saviya.uz/shaxsiy-tarbiya/yosh-yozuvchi-uchun-foydali-50-kitob/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x