Chalgʻimaslik uchun

Viktor Hyugo “Parij ibodatxonasi” (“Notre-Dame de Paris”) asarini yozish chogʻida chalgʻimaslik uchun ajoyib usul qoʻllaydi. Soch va soqolining yarmini olib tashlab, qaychini derazadan tashqariga uloqtirib yuboradi. Shu yoʻl bilan oʻzini soch-soqoli oʻsguncha uyda oʻtirishga majbur etadi va romanni moʻljallangan vaqtda yozib tugatadi.

Lekin “Xoʻrlanganlar” romanini qogʻozga tushirish paytida yozuvchi boshqacha usulda ishlaydi. U Bryussel shahrida bir attordan bir xonani ijaraga oladi. Hyugo ertalab va kechqurun yozar, ish stoli sifatida esa attorning xontaxtasidan foydalanardi. Xoʻjayin yoʻq paytlarda xaridor kelib qolsa, ishini toʻxtatib, savdo-sotiq qilar edi. Qizigʻi, bu holat uni chalgʻitmas, fikrlari oqimini toʻsmasdi.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 7-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/chalgimaslik-uchun/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x