YOQUBOV Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich

YOQUBOV Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich (1950.1.3, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1987) va Qoraqalpogʻiston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973—74), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1967—68 va 1974-y. dan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, jarangdor va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, goʻzallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qoʻshiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qoʻshiklari ommaviylashgan: «Zilola», «Sen oʻzing», «Qaraysan», «Oshiqnoma» va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uygʻur va b.) qoʻshiqlari, shuningdek, «Segoh», «Dugoh», Gʻ. Yoqubov ommaviy sahnada. «Guluzorim», «Feruz 1—II» kabi oʻzbek mumtoz ashulalar oʻrin olgan. 1990-y. lardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qoʻshiqchiligi uslubida ijod etmoqda: «Dilorom», «Begoyim», «Qomat», «Ketolmaysan», «Elim deb», «Xush kelding, muborak sarvarim Navroʻz» va b. Baʼzi qoʻshiqlar kuylarini Yoqubov oʻzi yaratgan: «Muhabbat», «Unutilmasin», «Majnuntol», «Oʻylasam», «Sening kulishlaring», «Parvardigor asrasin», «Bir qarasam» va b. «Majnuntol» gramplastinkasi «Melodiya» gramyozuv firmasining «Oltin disk» mukofotiga sazovor boʻlgan (1985). «Doʻstlik» (1996), «Elyurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x