ENZOOTIYA

ENZOOTIYA (yun. — da va — hayvon) — hayvonlarda muayyan bir joy, xoʻjalik, aholi punktlari bilan bogʻliq holda paydo boʻladigan kasalliklar. Tabiiy sharoitga bogʻliqholda chin E. (hayvonlar boqiladigan joy, infeksiya qoʻzgʻatuvchi manba, qoʻzgʻatuvchining spetsifik tashuvchisi boʻlishi, uning hayvon organizmidan tashqarida saqlanishi, tuproqda mikroelementlarning yetishmasligi va boshqalar) va insonning xoʻjalik faoliyati hamda hayvonlarga veterinariya xizmati koʻrsatish, ularni oziqlantirish bilan bogʻliq boʻlgan statistik Enzootiya farqlanadi. Birinchisida yoppasiga kuzatilmaydigan (mas, tabiiy oʻchoqli) kasalliklar, ikkinchisida hamma joyda uchrashi mumkin boʻlgan kolibakterioz, salmonellyoz kabi kasalliklar tavsiflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x