YONILGʻI FILTRI

YONILGʻI FILTRI — yonilgʻini mexanik aralashmalar va suvdan tozalaydigan qurilma. Ichki yonuv dvigatelitl yonilgʻi bilan taʼminlash tizimida qoʻllaniladi. Yonilgʻi yaxshi tozalanmasa, karbyuratorli dvigatelda jiklyorlarni, dizelsa yonilgʻi nasosi va forsunkani ifloslantirib, ularni ishdan chiqarishi mumkin. Dizel dvigatellarida bir yoʻla dagʻal va mayin tozalovchi Yonilgʻi filtridan foydalaniladi. Dagʻal tozalovchi Yonilgʻi filtri tirqishli metall lenta yoki plastinkalardan iborat boʻlib, yirik zarralarni tutib qoladi. Mayin tozalovchi Yonilgʻi filtri paxta, ip (qogʻoz) va fetr (maxsus jun) dan tayyorlanib, yonilgʻini juda mayda aralashmalardan tozalaydi. Karbyuratorli dvigatellarda toʻrli va plastinkali filtrlar qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x