YOLLANMA MEHNAT

YOLLANMA MEHNAT — yollanma xodimlar mehnati. Yollanma mehnat bozor iqtisodiyotida amal qiladigan mehnat bozoriaa oldisotdi qilinadigan asosiy tovar hisoblanadi. Ish beruvchilar (tadbirkor, korxona, tashkilot) va ish kuchi egasi (yollanuvchi) oʻrtasida maʼlum muddatga yoki aniq bir ishni bajarish uchun mehnat sharoitlari va toʻlanadigan haq toʻgʻrisida yozma ravishda shartnoma tuziladi. Bunday shartnoma vaqtincha — sinov muddati bn, maʼlum bir davrga yoki muddati belgilamasdan (umrbod) tuzilishi mumkin. Tomonlarning huquklari, majburiyatlari, mehnatga haq toʻlash va mehnatni tashkil etish sharoitlari mehnat qonunlariga muvofiq oʻzaro kelishgan holda hal etiladi. Shartnomada mehnatni qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida har xil imtiyozlar berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida Yollanma mehnat va umuman mehnatga oid munosabatlar 1996-y. 1 apr. dan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995.21.12) va b. mehnat toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari, jamoa shartnomalari va b. meʼyoriy hujjatlar b-n tartibga solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x