YOʻL OʻTKAZGICHLAR

YOʻL OʻTKAZGICHLAR — ikki yoki undan ortiq transport magistrallari kesishadigan joyga quriladigan koʻprik, transport vositalarining mustaqil harakatlanishi uchun moʻljallanadi. Yoʻl oʻtkazgichlar avtomobil yoʻli t. y. bilan kesishadigan joyga, shuningdek, transport vositalari va yoʻlovchilar serq-atnov boʻladigan shahar yoʻllariga quriladi. Yoʻl oʻtkazgichlarning shakliga koʻra, planda toʻgʻri chiziqli, egri chizikli; bir va koʻp yarusli; balkali, ramali yoki arka tizimli; metall, temirbeton va poʻlat-temir-betondan prolyotli (oraliqli) qilib quriladigan xillari bor. Ular koʻpincha 1—4 prolyotli (10 — 40 m va undan ortiq oraliqda) qilib quriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x