YEVROPA JANUBIY RASADXONASI

YEVROPA JANUBIY RASADXONASI (YEJR) — Yevropa xalqaro astronomiya i. t. tashkiloti. 1962-y. da 8 davlat — Belgiya, Daniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Shvetsiya va Shveysariya hamkorlikda tashkil etgan. Qarorgohi Germaniyaning Garshing sh. da joylashgan. Zamonaviy teleskoplarni oʻrnatish uchun dunyo boʻylab astroiklimni oʻrganish natijasida Chilidagi La Silla togʻida (2440 m) joy topilib, u yerga YEJR teleskoplari oʻrnatilgan. La Sillaga oʻrnatilgan eng zamonaviy 14 ta teleskop ichida koʻzgusining diametri 3,6 m boʻlgan teleskop ham bor. Bu yerdagi koʻpgina teleskoplar kosmik yoʻldosh aloqasi orqali Germaniyadan turib boshqariladi. Izlanishlar natijasida Chilida yana bir joy Paranal togida (2660 m) topildi. Bu yerga 1990-y. dan boshlab koʻzgusining diametri 8,2 m boʻlgan 4 ta teleskop oʻrnatilayapti. Loyihaga muvofiq bu teleskoplarda toʻplangan yorugʻlik bir nuqtaga yigʻiladi, oʻshanda bu sistema yorugʻlik kuchi jihatdan 16 m diametrli koʻzguning kuchini, ajrata olish qobiliyati boʻyicha esa 200 mli teleskop kuchini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x