YAGʻMO

YAGʻMO — turkiy qabilalardan biri. 9-asr 1-yarmida Yagʻmolar uygʻurlar tarkibida boʻlgan. 840 yil uygʻurlar qirgʻizlar bilan boʻlgan urushda yengilgach, ulardan 15 urugʻ ajralib qarluqlar himoyasi ostiga oʻtgan. «Yagʻmo» — 15 urugʻ birlashmasining turkiycha nomi. 10-asr boshida Yagʻmo larning katta bir qismi Qashqarga — Tyanshanning jan. sharqiy yon bagʻirlariga, Norin daryosining yuqori oqimidagi hududlarga koʻchib kelib, oʻtroqlashgan. Yagʻmolar qoraxoniylar davlatini barpo etishda qarluq, chigil, xalaj kabi qabilalar bilan bir qatorda faol qatnashgan. Yagʻmo larning asosiy qismi 11-asrning 1-yarmida qoraxoniylar qoʻshini tarkibida Movarounnahrga kelib joylashgan va keyinchalik yerli xalqlar bilan aralashib, oʻz etnik nomlarini unutganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x