YETTI YILLIK URUSH

YETTI YILLIK URUSH (175663) – Avstriya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvetsiya bilan Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya oʻrtasida boʻlgan urush. Angliya va Fransiyaning oʻzga hududlar uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Fransiya va Rossiya manfaatlari bilan toʻqnashuvi tufayli kelib chiqqan. 1761-y. da Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus shohi Pyotr III u bilan sulh tuzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, birok, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir boʻlgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Avstriya va Saksoniya bilan Sileziyani oʻziga qoʻshib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, fransuzlarning Hindistondagi mulklarining koʻp qismi oʻtgan. Yetti yillik urushning asosiy natijasi — Buyuk Britaniyaning Fransiya ustidan mustamlaka va savdo sohasidagi kurashda qozongan gʻalabasi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x