YESHCHANOV Tursunboy Boyjanovich

YESHCHANOV Tursunboy Boyjanovich (1940.5.5, Kegayli tumani) — terapevt, Oʻzbekiston FA akad. (1995), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi (1994). Tibbiyot fanlari d-ri (1984). SamTIni tugatgan (1965). Oʻzbekiston dermatologiya va venerologiya i. t. instituti Qoraqalpogʻiston filiali (1972— 85), Qoraqalpogʻiston Klinik va eksperimental tibbiyot i. t. instituti direktori (1987—90; 1998-y. dan), Koraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri (1990 — 97), 1997-y. dan Oʻzbekiston FA vitse prezidenta, akademiyaning Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisi, Qoraqalpogʻiston davlat un-ti farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Yeshchanovning ilmiy asarlari allergik kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va davosiga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x