YETTI ERKIN SANʼAT

«YETTI ERKIN SANʼAT» (lot. «septem artes liberates») — oʻrta asrlar maktablarida va un-tlarning «artistik» (tayyorlov) f-tlarida oʻrgatiladigan oʻquv fanlari. 2 bosqich — trivium (grammatika, ritorika, dialektika) va kvadrivium (arifmetika, geom., astronomiya, musiqa)dan iborat boʻlgan. «Yetti erkin sanʼat» antik davrdayoq shakllangan. Oʻrta asrlar davrida dinning hukmronligi ortishi va madaniyatning inqirozi sababli qad. davr olimlari tomonidan ilmning bu sohalariga qoʻshilgan boy mazmun diniy maqsadda foydalaniladigan oddiy maʼlumotlarning cheklangan mikdoridan iborat qilib qoʻyildi. Uygʻonish davrida i. ch. ehtiyojlari ortishi tufayli taʼlimning mazmuni oʻzgardi. «Yetti erkin sanʼat s»ning dunyoviy shakli tiklandi. «Yetti erkin sanʼat s» tizimi oʻrnini asta-sekin mumtoz gimnaziyalar tizimi egalladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x