YESIPOV Matvey Akimovich

YESIPOV Matvey Akimovich (1897, Chkalov viloyati — 1968, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1918—20). Samarqanddagi «Musulmon agitguruhi»da rassom (1921—23). 1923-y. dan Samarqand viloyatlararo rus drama teatri, 1924-y. dan Samarqand viloyat musiqali drama teatrining bosh rassomi hamda Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog. Dastlab spektakllarni badiiy bezashda agitplakat uslubidan foydalangan Yesipov 30-y. larning 2-yarmidan spektakllar ruhiga mos sahna bezaklari yaratgan. F. Zafariyning «Halima» (1931), Xurshidning «Farhod va Shirin» (1934), «Layli va Majnun» (1955), S. Abdullaning «Tohir va Zuhra» (1948), «Alpomish» (1950), Abdulla Qahhorning «Yangi yer» (1950), «Ogʻriq tishlar» (1955) va b. asarlar asosida yaratilgan spektakllarni badiiy bezagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x