YER RENTASI

YER RENTASI (nem. Rente — ortga qaytarilgan) — yer egasining oʻz yerini tabiiy resurs tarzida ijaraga taqsim etganligi uchun oladigan daromadi; bevosita q. x. ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning yer egalari tomonidan mulk egaligi huquqiga koʻra oʻzlashtiriladigan qismi. Q. x. da foydalaniladigan yer maydonlari tabiatan cheklanganligi sababli (inson yer resurslarini koʻpaytirishga qodir emas) barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinadi va yerga xoʻjalik obyekti sifatida monopoliya vujudga keladi. Natijada yer b-n bogʻliq renta munosabatlari paydo boʻladi.

Q. x. da yer egasi foydalanuvchilardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlov oladi, yaʼni yer egasi (davlat, shirkat, xususiy shaxs) faqat yer egasi boʻlganligi uchun yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning bir qismini ijara haqi koʻrinishida oʻzlashtirib oladi. Davlat oladigan yer soligʻi, xususiy yer egalari yerdan foydalanganlik uchun undiradigantoʻlovlar Yer rentasi hisoblanadi. Yer rentasining, mas, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soligʻi (mas, xiroj) kabi bir qancha tarixiy koʻrinishlari bor.

Hoz. davrda Yer rentasining asosan, differensial renta va absolyut renta koʻrinishlari mavjud. Yer uchastkalarining tabiiy va iqtisodiy unumdorligi hamda joylashgan oʻrnidagi farklar natijasida olinadigan qoʻshimcha sof daromaddifferensial renta deyiladi (q. Differensial renta). Koʻpgina mamlakatlarda sifatidan qatʼi nazar ekin ekiladigan yerning xususiy mulk boʻlishi uni ijarachilarga foydalanish uchun berishdan muqarrar suratda daromad keltiradi.

Yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga berishi va ulardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlovlar olishi natijasida absolyut Yer rentasisi vujudga keladi. Shuningdek, rentaning yana bir turi — monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, baʼzan noyob q. x. mahsulotlari yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday mahsulotlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori boʻlishi koʻpincha toʻlovga qodir talab darajasi b-n belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori boʻlishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini beradi (yana. q. Renta).

Risolat Ishmuratova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x