YER QAZISH MASHINALARI

YER QAZISH MASHINALARItuproq va togʻ jinslarini qazish, kesish, oʻpirish, maydalash va maʼlum masofaga toʻkish uchun moʻljallangan mashinalar. Quruklikda va suv ostida ishlaydigan hamda gidravlik (suv otib ishlaydigan) turlari bor. Quruklikda ishlaydiganlari yer qazish-tashish mashinalari va ekskavatorlarga boʻlinadi. Yer qazish-tashish mashinalariga skreper, buldozer, greyder, avtogreyder, greyder-elevator va b. kiradi. Bunday mashinalar qazilgan tuproq yoki togʻ jinsini bir necha metrdan 5 km gacha masofaga toʻkishi mumkin. Ekskavator quruklikda ishlaydigan Yer qazish mashinalarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. Suv ostida ishlaydigan va gidravlik Yer qazish mashinalariga gidromonitor, zemlesoslar, zemlesosli snaryadlar va b. kiradi. Yer qazish mashinalari yer qazish, togʻ jinslarini kesish-oʻpirish ishlarini toʻla mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x