YEM-XASHAK RATSIONI

YEM-XASHAK RATSIONI — oziq. mod dalari bilan chorva mollarining talab va ehtiyojini qondiruvchi, xoʻjalikdagi mavjud turli yem-xashakdan tuzilgan sutkalik oziq rejasi. R. qayvonning salomatligiga ziyon yetkazilmagan holda ulardan sifatli va muljallangan miqdordagi mahsulot olishni taʼminlashi kerak. Ye.-x. r. tannarxi boʻyicha arzon, biologik toʻla qimmatli va iloji boricha xoʻjalikda mavjud boʻlgan resurslardan tuzilishi kerak. Mollarning mahsuldorlik koʻrsatkichlari va xoʻjalikdagi ozuqa turlariga qarab ratsion vaqti-vaqti bilan oʻzgartirib turiladi.

Sogʻin sigirlar Ye.-x. r. 100 kg tirik vazniga 3,5—5 kg quruq modda miqdorida boʻlishi kerak. Bir kunda 12—13 kg sut beradigan sogʻin sigirlar uchun bir kunlik Ye.-x. r. quyidagilardan iborat: silos — 25 kg, senaj — 8 kg, pichan — 3 kg, omixta yem — 3 kg, osh tuzi — 100 g. Ratsion 1 sutkaga, 1 oyga moʻljallab tuziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x