YEFREMOV Filipp Sergeyevich

YEFREMOV Filipp Sergeyevich (1750, Vyatka — 1811-y. dan soʻng vafot etgan) — rus sayyohi, Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Orenburg chegara r-nida xizmat qilayotganida (1774) qozoqlar asirga olib, Buxoroga keltirilgan. U Buxoro otaligʻi Doniyolbiy qoʻlida xizmat qilgan. Keyinchalik oʻnboshi, ellikboshi, yuzboshi qilib tayinlangan. Otaliqning Samarqand, Xiva va Eron yurishlarida qatnashgan. Keyinroq Qoʻqon xonligiga qochib oʻtgan. U yerdan Qashqar, Tibet, Kashmir orqali Hindistonga borgan. Inglizlar kemasida Kalkuttadan Afrika jan. orqali Angliyaga, u yerdan 1782-y. da SanktPeterburgga qaytib borgan. Keyinchalik Kavkaz, Ukraina va Gʻarbiy Sibirdagi bojxonalarda ishlagan. Ye. Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston mamlakatlarining siyosiy tuzumi, tabiati, harbiy qudrati, aholisi, urf-odatlari va hayotiga oid sayohatnoma yozib [«Toʻqqiz yillik sayohat (1774—1782)»] 1786-y. Peterburgda nashr ettirdi. Unda koʻplab fors va oʻzbek soʻzlariga izoh bergan.

As: Devyatiletneye stranstvovaniye, 5 izd. [pod. red. E. Murzayeva], M., 1952.

Ad.: Hasanov H., Xofizi Abru, Xaydar Mirza, Filipp Yefremov, T., 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x