OBSERVATSIYA

OBSERVATSIYA (lot. observatio — kuzatish, nazorat) — karantinga olingan yuqumli kasalliklarga (oʻlat, vabo, chinchechak) chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli vaqtincha alohidalab qoʻyilgan kishilar ustidan tibbiy kuzatuv. Zarurat boʻlganda Observatsiya boshqa yukumli kasalliklarga ham belgilanishi mumkin.

Observatsiyani sanitariya-epidemiologiya xizmati amalga oshiradi. Observatsiya muddati Observatsiya qilish buyurilgan kasallik yashirin davrining eng uzoq muddatiga (q. Inku-batsion davr) bogʻliq. Observatsiya qilinadigan kishilar doim vrach nazoratida boʻladi. Har kuni ularning hol-ahvoli soʻrab chiqiladi, koʻzdan kechiriladi, gavda t-rasi oʻlchanadi, zarur boʻlsa, tegishli tekshiruvlar oʻtkaziladi, shoshilinch maxsus profilaktika qilinadi, ehtiyotdan emlanadi va h. k. Tibbiy kuzatuvdagi kishilarga mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi beriladi. Observatsiyada transport vositalari va yuklarga ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) ham koʻzda tutiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x