YASOVUL

YASOVUL, yasavul — oʻrta asrda turkiy va moʻgʻul xonliklaridagi saroy mansabi. Dastlab, Yasa koʻrsatmalariga asoslangan farmonlarni (hukmdor farmonlarini) ijro etuvchi mansabdor shaxs. Keyinchalik zimmasiga saroyda turli xildagi maʼmuriy-siyosiy mayda topshiriqlarni bajarish yuklangan kichik xizmatchi. Manbalarga koʻra, Yasovullar soliq toʻplash va olingan oʻljaning xonga tegishli qismini hisoblash bilan ham shugʻullanganlar. «Mehmonnomayi Buxoro» asarida aytilishicha, 1509 yil Shayboniyxon Arquqdan Turkistonning sharqiy tumanlariga tagʻor soligʻini yigʻish uchun Yasovullar joʻnatgan. Shuningdek, Shayboniyxon Hisorda boʻlgan chogʻda (1505-yil) Yasovullar tushgan oʻljadan xonga tegishli qismini xon qarorgoxiga keltirganlar, uni xon farmoniga koʻra Samarqandga joʻnatganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x