DENGIZ NILUFARLARI

DENGIZ NILUFARLARI (Crinotdea) — ninaterililar sinfi. Koʻrinishi gulga oʻxshash, erkin yashaydi (poyachasizlar) yoki oʻtroq hayot kechiradi (poyachalilar). Tanasi likopchasimon markaziy diyekdan va undan tarqaladigan, koʻpincha koʻp marta shoxlanadigan 5 ta nurdan iborat. Poyachali Dengiz nilufarlarining mar-kaziy diski asosida suv tubiga yopishishiga yordam beradigan, uz. 1 m cha keladigan poyachasi boʻladi. Poyachasiz Dengiz nilufarlari rang-barang boʻlib, suv tubida oʻrmalash yoki suvda suzish xususiyatiga ega, nurlarining kengligi 90 sm gacha. Hozir Dengiz nilufarlarining 700 turi maʼlum, ulardan 550 turi poyachasizlar kenja sinfiga kiradi. Dengiz nilufarlari rivojlanishi doliolyariya lichinkasi va voyaga yetgan davridan iborat. Mayda plankton organizmlar va detrit bilan oziklanadi. Ozigʻini suv oqimi tomonga qaratilgan, murakkab tutuvchi toʻr hosil qiladigan nurlari va ularning oʻsimtalari — pinnulalari yordamida tutadi. Poyachali Dengiz nilufarlari odatda suvning ancha chuqur qismida (10 km gacha chuqurlikda) uchraydi. Poyachasizlar tropik mintaqadagi sayoz dengizlarda, ayniqsa, keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x